TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Yer yuzida 20 million kishi qul savdosi obyektiga aylangan. Ular o‘z ismiga, oilasiga ega(bo‘lgan) odamlardir. Ularni do‘zaxda yashashga majbur qilishmoqda", — deb bayonot qildi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 30-iyun kuni. RIA Novosti xabari asosida.
Kerrining so‘zlariga ko‘ra, "bu yo‘nalishda ko‘plab chaqiriqlarga duchor bo‘layotganimizga ajablanmasak ham bo‘ladi". AQSh Davlat kotibi, shu munosabat bilan, "oldimizda turgan muammolarni yengib o‘tishga yordam beradigan harakatlar rejasini tuzishga" da’vat qilgan.
Kerrining bayonotida dunyoning 200ga yaqin mamlakatida o‘tgan yil davomida ro‘y bergan qul savdosi bilan bog‘liq holatlarga baho berilgan. Ularning barchasi uch toifaga ajratilgan. Birinchi toifaga hukumat hatti-harakatlari Amerikaning qul savdosi qurboniga aylanganlarni himoya qilish bo‘yicha qonunchilik normativlariga to‘liq mos keluvchi davlatlar kiritilgan.
Ikkinchi toifaga belgilangan yo‘nalishda choralarni ko‘rayotgan, ammo bu harakatlar hali yetarli bo‘lmagan davlatlar kiradi. Va nihoyat, uchinchi toifaga esa, AQSh Davlat departamenti bayonnomasiga muvofiq, AQSh qonunchiligi standartlariga umuman mos tushmaydigan davlatlar kiritilgan.
Hujjatda qayd qilinishicha, joriy yilda AQSh ranglar tabelida Myanma, O‘zbekiston, Turkmaniston, Gaiti va Sudan davlatlarini ikkinchi toifadan uchinchi toifaga tushirgan. O‘zbekiston ikkinchi toifaga o‘tkazilganidan bir yil o‘tib, yana uchinchi toifaga tushirilgani aytilmoqda.