Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi Islom Karimovni orden bilan taqdirladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommallashtirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati e’tirofi sifatida AIBAning yuksak mukofoti – “Xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-iyul kuni Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) prezidenti Ching-Kuo Vuni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: O‘zbekistonda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan faxrlanish mumkin!
Ching-Kuo Vu AIBA Ijroiya qo‘mitasining Toshkentda o‘tayotgan majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan. Mazkur sport forumi Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi uchun Braziliyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Islom Karimov mehmonni samimiy qutlar ekan, AIBA va uning rahbari Ching-Kuo Vu o‘zining munosib xizmati bilan dunyoda keng tarqalgan boksni va, umuman, Olimpiya harakatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidlagan.

O‘z navbatida Ching-Kuo Vu mamlakatimizning jahon sport maydonida obro‘si ortib borayotganini yuksak baholagan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommallashtirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati e’tirofi sifatida AIBAning yuksak mukofoti – “Xizmatlari uchun” ordenini topshirgan.

Xabarda aytilishicha, Oqsaroydagi uchrashuvda O‘zbekistonda havaskorlik boksini rivojlantirish, mamlakatimizning AIBA bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashilgan.

Yangiliklar lentasi
0