Rossiyaga meva-sabzavot yetkizib berish tizimi osonlashtiriladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTerilgan pomidor hosili
Terilgan pomidor hosili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Meva-sabzavotlar yarmarkasi ochilishi marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot eksportida vositachilardan qutilish kerakligini ta’kidlagan edi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya meva-sabzavot yetkizib berish tizimini soddalashtirish haqida kelishib olishdi, bu haqda O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Investitsiyalar va Savdo vazirligi xabar berdi.

“Yaqin kunlarda O‘zbekiston-Rossiya ishchi guruhining meva-sabzavot yetkizib berishga bag‘ishlangan majlisi o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston meva-sabzavotlarining Rossiya bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan choralar ishlab chiqish muhokama qilinadi”, — deb xabar berdi TIAISV  vakili. 

Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchiligidagi delegatsiyasining 12-14 iyulda O‘zbekistonga bo‘llib o‘tgan tashrifi davomida ushbu masalalar haqida kelishib olingan.

“O‘zbekistonlik yetkizib beruvchilarning hamda Rossiya chakana savdo va logistika kompaniyalarining aniq takliflari asosida masalaning yechimi topiladi”, — dedi vazirlik vakili.

Tashkentsya Mejdunarodnaya yarmarka ovoshey i fruktov - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Meva-sabzavot eksportida vositachilardan qutilish kerak

Oldin O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ko‘rgazma ochilishi marosimida O‘zbekistondan meva-sabzavot yetkizib berishda vositachilardan qo‘tilish kerakligini va yetkizib berish jarayoniga oydinlik kiritish kerakligi haqida kelishib olishgan edi. 

Rossiya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti 10 %ga oshgan. Ayrim mahsulot turlari 10 % dan ham ko‘pga oshgan. Mahsulot eksporti hajmi yanada o‘sishiga xalal berayotgan omillar sifatida, tomonlar yuk tashuvchilarning yuqori narxlari, Rossiya bojxona va karantin nazoratining uzoq vaqt talab qilishi va mahsulotni kichik partiyalar bilan olib kelishning samarasizligini ta’kidlashdi.

Yangiliklar lentasi
0