TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi boshlandi. RIA Novosti xabari asosida.
Muzokaralar davomida Suriya va Ukrainadagi ahvol, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar masalalari ko‘rib chiqiladi.
Uchrashuvda Rossiya prezidenti yordamchisi Vladislav Surkov, AQSh Davlat kotibi yordamchisi va AQShning Rossiyadagielchisi Viktoriya Nuland ham qatnashmoqda.
Bu 2015-yil may oyidan beri Kerrining Rossiyaga uyushtirgan to‘rtinchi tashrifidir.