TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda AQSh va Rossiya ayni vaqtda dunyo uchun, jumladan Suriya va Ukraina uchun ham ko‘pgina foydali ishlarni amalga oshirishi mumkin, deb aytdi. RIA Novosti xabari asosida.
"Yana bir bor aytib o‘tmoqchiman, prezident Obama va men ayni vaqtda AQSh va Rossiya dunyo uchun chinakam foyda keltiradigan ko‘p ishlarni amalga oshirishi mumkin, degan fikrdamiz. Bu yerda gap nafaqat Suriya yoinki Ukraina davlatlari, balki biz jiddiy zafarlar quchishimiz mumkin bo‘lgan boshqa sohalar haqida ham bormoqda", — deb ta’kidladi Kerri.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi Kremlda bo‘lib o‘tmoqda. Muzokaralar davomida Suriya, Ukraina hamda ikkiyoqlama munosabatlar masalasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.