Konsul: Nissada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida hozircha ma’lumot yo‘q

© REUTERS / Eric GaillardNissadagi terakt
Nissadagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nissadagi fojea yuzasidan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz - elchixonaga murojaat qiling.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Nissadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin elchixona Fransiya qutqaruv xizmatlari bilan doimiy aloqada bo‘lib ushbu ma’lumotni aniqlamoqda, deb xabar berishdi Parijdagi O‘zbekiston elchixonasida.

“Biz hozir Fransiyaning hukumat organlari bilan aloqada bo‘lib qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yoki yo‘qligini aniqlamoqdamiz. Ma’lumot kerak bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari elchixonaning konsullik bo‘limga murojaat qilishi mumkin”, — deyishdi elchixonada.

Eslatib o‘tamiz, kecha payshanba kuni kechqurun, Nissadagi Angliya qirg‘og‘ida terrorchi yuk avtomobilini mushakbozlikni tomosha qilishga jamlangan odamlar ustiga haydagan. Fojeada  84 kishi qurboni bo‘lgan edi.

Nissadagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya yana motamda: Nissadagi mudhish terakt tufayli 84 kishi halok bo‘ldi

Guvohlar aytishiga qaraganda, yuk avtomobili ikki kilometr davomida zig-zagsimon yurib odamlarni bosgan. Undan tashqari terrorchi odamlarga qarata o‘q otgan. Politsiya uni yo‘q qilgan. 

Bugungi kunda terrorchilik xavfi Fransiyada eng yuqori darajagi chiqarilgan.  Butun dunyo aholisi ijtimoiy tarmoqlar orqali Nissa qirg‘og‘ida yuz bergan fojeaga o‘z hamdardligini bildirmoqda. Twitterda #PrayForNice xeshtegi birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Yangiliklar lentasi
0