TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Frans Press nashri xabariga ko‘ra, Nissadagi 84 kishi hayotiga zomin bo‘lgan terakt uchun yuk mashinasi bir necha kun oldin ijaraga olingan. RIA Novosti xabari asosida.
"Yuk mashinasi bir necha kun avval Provans-Alpi-Lazur qirg‘og‘i mintaqasida ijaraga olingan" — deb xabar qilgan manba agentlikka.
OAVlarda berilgan ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida chegara politsiyasi xodimi ham bo‘lgan.
Hodisa joyida bo‘lgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi yuk mashinasini ikki kilometrcha zigzak tarzida boshqarib borgan va odamlarni yanchgan. U shuningdek, xalqqa qarata o‘t ochgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tufayli 84 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Yuk mashinasi haydovchisi shu joyning o‘zida yo‘q qilingan.
Fransiya prezidenti Fransua Olland hujumni terakt deb atagan va mamlakatdagi 26-iyulda tugashi lozim bo‘lgan favqulodda holat yana uch oyga uzaytirilishini ma’lum qilgan.