TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van Janubiy-Xitoy dengizi bo‘yicha Filippin davlati tomonidan uyushtirilgan arbitrajni "siyosiy maynabozchilik" deya atadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Bu kabi sud qarori, Xitoyning Janubiy-Xitoy dengizidagi huquq va manfaatlariga har qanday holatda ham ta’sir ko‘rsata olmaydi. Xitoy ushbu mahkama xulosasiga qarshi chiqadi va unga asoslangan talab yoki harakatlarni hech qachon qabul qilmaydi", — deyiladi vazirlik bayonotida.
Aniqlik kiritilishicha, rasmiy Pekin hududiy tortishuvlar va dengiz chegaralari belgilanishini uchinchi tomon hal etishi imkoniyatini rad etadi.
"Jenmin jibao" nashri xabar qilishicha, XXR Raisi Si Szinpin Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida "Janbiy-Xitoy dengizidagi orollar asrlar osha Xitoy hududi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolajagini" aytgan.