Pekin AQShdan Xitoy hududiy bahslariga "burun suqmaslikni" so‘radi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishJanubiy-Xitoy dengizi
Janubiy-Xitoy dengizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan o‘tkazgan telefon suhbatida, Vashingtonni Janubiy-Xitoy dengizlaridagi orollar sabab yuzaga kelayotgan bahslarga aralashmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Xitoy TIV rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, suhbat AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilgan. RIA Novosti xabari asosida.

"XXR Tashqi ishlar vaziri Van I Amerika Pekinning Janubiy-Xitoy dengiziga suvereniteti masalasida qo‘shni mamlakatlar bilan olib borayotgan hududiy bahslarda betaraflik pozitsiyasini egallashi borasida bergan va’dasiga to‘liq amal qilishiga umid bildirdi", — deyiladi xabarda.

Xitoy vaziri, shuningdek, AQSh "o‘z bayonotlari va hatti-harakatlarida ham ehtiyotkor" bo‘lishiga, XXR xavfsizligiga rahna soladigan biror harakatga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy shu kunga qadar dengizdagi deyarli barcha hududlarga egalik qilishini aytib keladi, ammo Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan va Vyetnam davlatlari dengizning ba’zi hududlari ularga qarashli ekanini da’vo qiladi.

Shu asnoda, Filippin davlati bu masala borasida yaqinda xalqaro arbitraj sudiga murojaat etgan.

Kerri bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati davomida, Van I Filippinning hatti-harakatlari Pekinni qo‘rqita olmasligini, aksincha, XXR o‘z suvereniteti va dengizdagi qonuniy haq-huquqlarini himoya qilishda davom etishini ma’lum qilgan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, xalqaro arbitraj sudi masalasida Xitoy pozitsiyasini tushunishini aytib, barchani "bu masalani diplomatik yo‘l bilan hal qilishga" da’vat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Filippin davlati 2013-yilning yanvarida xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgan. Pekin sud ishlarida qatnashishdan qat’iy bosh tortib kelmoqda. XXR rasmiylari fikricha Gaaga hakamlar sudi hududiy bahslarni hal qilish vakolatiga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0