TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Gaaga xalqaro sudi Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-Xitoy dengiziga da’vo arizasini rad etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sud qaroriga muvofiq, Xitoy Xalq Respublikasi Spratli arxipelagi hududidagi neft va gazga boy iqtisodiy hududga da’vogarlik qilishga haqli emas.
Bundan sal oldin, XXR TIV vakili Xun Ley seshanba kuni, xalqaro arbitraj sudi Janubiy-Xitoy dengizi masalasi bo‘yicha o‘z hukmini e’lon qilgach, Pekin ham bu qarorga o‘z munosabatini bildirishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Xitoy dengizida XXR bir qator kimsasiz orollarga da’vogarlik qiladi. Bundan tashqari, Tayvan, Malayziya, Flippin, Bruney va Vyetnam davlatlari ham mazkur hududlarga nisbatan huquqlari borligini bildirib keladilar. Jumladan, Skarboro rifi va Spratli arxipelagi atrofida keskin bahslar ketmoqda. Spratli neft va gazga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, arxipelag orollari strategik ahamiyatga ega. Xitoy mazkur orollarda uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurapti. Bu kelajakda, Pekin uchun arxipelagda mahkam o‘rnashib olishga yordam beradi. 2014 yil iyunidan Xitoy bahsli dengiz havzalarida sun’iy orollar qurishni boshladi.