TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan tashkillashtirilayotgan fleshmoblar bizni xursand qilishda davom etmoqda. Mana misol uchun, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruvchi magistrlari institut binosi yonida mustaqillikning 25-yilligi sharafiga "25" raqamini hosil qilishdi.
Bundan sal oldin, ya’ni aprel oyida Mustaqillik bayramining 25-yilligi arafasida vatanparvar yoshlar ona-yurtga muhabbatni zamonaviy usulda namoyish etishgan edi: “o‘zbekcha fleshmob” aksiyasida avtomobillar 25 raqami hosil qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 2-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr va magistr bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil bakalavr yo‘nalishini 461 nafar talaba va magistr yo‘nalishini 106 nafar magistr tamomladi.