TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Mustaqillik bayramining 25-yilligi arafasida vatanparvar yoshlar ona-yurtga muhabbatni zamonaviy usulda namoyish etishga shoshilishdi. Shu kunlarda start olgan “O‘zbekcha fleshmob” aksiyasida avtomobillar shu tarzda taxlandiki, natijada 25 raqami hosil bo‘ldi. Avtomobillar suratlari hozirda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.
Aytish joizki, bu tarzdagi fleshmob O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilmoqda. Aprel oyi boshida Samarqanddagi zavodda MAN yuk mashinalari 2 va 5 raqamini hosil qilib taxlangan edi, juma kuni esa xuddi shu raqamlarni Namanganda “Kaptiva” rusumidagi avtomobillar yordamida hosil qilishdi.
“Ona-yurtga muhabbat” aksiyasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati a’zolari tomonidan tashkillashtirilgan.