Turk generali: Rossiyani tanqid qilishga AQShning nima haqqi bor?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishVarshavadagi NATO sammiti
Varshavadagi NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 iyul kuni Polsha Poytaxti Varshavada NATO sammiti boshlandi. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, ushbu yig‘ilish asnosida Yevropada yangi harbiy-siyosiy holat shakllanmoqda. Alyansning o‘zi Yevropada yuzaga kelgan bugungi ahvolga Rossiya sababchi, degan fikrni ilgari surmoqda.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Shu kechayu-kunduzda Yevropa va butun dunyoda vaziyatning keskin tus olishida Rossiya Federatsiyasini aybdor qilish — bu mantiqsizlikning o‘zginasi, dedi Sputnik radiosi efirida Turkiya Harbiy Kuchlari iste’fodagi harbiy generali Xaldun Solmazturk.

8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti: alyans Moskvadan bo‘ladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda
Kuni kecha Polsha Poytaxti Varshavada NATO sammitiga start berildi. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, ushbu yig‘ilish asnosida Yevropada yangi harbiy-siyosiy holat shakllanmoqda. Alyansning o‘zi Yevropada yuzaga kelgan bugungi ahvolga Rossiya sababchi, degan fikrni ilgari surmoqda. Ammo Turkiya HK piyoda qo‘shinlari iste’fodagi harbiy generali, Turkiya HK Bosh shtabining xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq Boshqarma rahbari Xaldun Solmazturk bu fikrga keskin qarshi.

"Rossiya Federatsiyasini Yevropada vaziyat keskin tus olishida aybdor qilish — har qanday mantiqdan mosuvo qilingan harakatdir. Bugungi kunda Ukrainadagi vaziyat bir qator davlatlarni havotirga solmoqda. Ammo Ukrainada yuz bergan inqiroz faqat "oq va qora"dan iborat emas. Nahotki, o‘z vaqtida Gruziyada yuz bergan inqirozga ham Rossiya sababchi bo‘lgan bo‘lsa? Bu kabi ta’kidlarga, hatto, bolalar ham ishonmaydi. Har qanday bahona bilan Rossiyani qoralashga urinayotganlarga bir savolim bor: nahotki Moskva butun dunyodagi geosiyosiy ahvolni ziddiylashtirayotgan bo‘lsa? 2002-yilda ballistik raketalarga qarshi mudofaa to‘g‘risidagi shartnomadan Rossiya rasman chiqqanmidi? Yo‘q! Aynan Qo‘shma Shtatlar chiqqan edi. Shunday ekan, endi AQShning Rossiyani tanqid qilishga nima haqqi bor?", — dedi Xaldun Solmazturk Sputnik radiosi efirida.

Iste’fodagi general, shuningdek, Rossiya bugungi kunda Suriyada konstruktiv rol o‘ynayotganini, barcha mamlakatlarga chang solishga urinayotgan xavfni bartaraf etish uchun bor kuchini sarflayotganini eslatib o‘tdi va G‘arb madavlatlari uning bu urinishlarini nimagadir "sezmaganlikka" olishni ma’qul ko‘rishayotganini qo‘shimcha qildi.

"Rossiya bugungi kunda AQSh va koalitsiyaning boshqa ishtirokchilarini Suriyada terrorchilikka qarshi kurash olib borishga chaqirmoqda. Ammo, NATO davlatlari, bu konstruktiv chaqiriqni qo‘llab-quvvatlab, terrorchilikka qarshi samarali kurashishga o‘tish o‘rniga, afsuski, tushunarsiz bir sxemada ish olib borishni ma’qul ko‘rdilar. Ular vaqtni boy bermayapti, Rossiyaga qarshi ishlatsa bo‘ladigan kichik bir vaj topilsa bo‘ldi, u shu ondayoq bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda. Aynan mana shu narsa bugungi kunda Yevropada va butun dunyoda vaziyatni keskinlashtirmoqda", — deb hisoblaydi Xaldun Solmazturk.

Yangiliklar lentasi
0