e-kommunal.uz - yurtimizda yangi kommunal to‘lovlar portali ishga tushirildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKopyuter foydalanuvchisi
Kopyuter foydalanuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lga qo‘yilayotgan "e-kommunal.uz" portalining eskisidan farqi shundaki, iste’molchilar bir vaqtning o‘zida onlayn ravishda maslahat olish, turli kommunal to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. "Uzkommunxizmat" agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida e-kommunal.uz — kommunal xizmatlar portali ishga tushirilayotgani haqida ma’lum qilindi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

"Uzkommunxizmat" agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yo‘lga qo‘yilayotgan portal orqali iste’molchilar bir vaqtning o‘zida onlayn ravishda maslahat olish, turli kommunal to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘lishi aytildi", deyilgan xabar matnida.

Shu yilning sentabr oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi portalda asosan aholi bilan qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari xuquqlariga oid ma’lumotlarni yetkazish ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, portalda iste’molchilar uchun kommunal sohadagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, qolaversa, maslahat xizmatlari kabi bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.

Internet O‘zbekistonning har bir regioniga kirib boradi
Ma’lum qilinishicha, ushbu portal orqali kommunal xizmatlari hisob balansiga oid ma’lumotlar ham taqdim etiladi.

Shuni qayd etish kerakki, avvalgi mavjud portalda uy-joy kommunal xo‘jaliklar bazasi yo‘q edi. Yangi portalga esa 10 mingga yaqin kommunal xo‘jaliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritildi. U 2 bosqichdan amalga tadbiq etilib, 1- bosqich sentabr oyida poytaxtimizda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Portalning ikkinchi bosqichi esa kelasi yilda butun respublikamiz bo‘ylab yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0