TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Kameralar yo‘l harakatini nazorat qilishi, qoidabuzarliklarni oldini olishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.
Nashrda yozilishicha, bundan sal oldin Toshkentdagi 160 chorrhaga kameralar o‘rnatish haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda shaharning 120 chorrahasiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan va ular yo‘l harakatini tartibga solish ishlarini olib borishmoqda.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi bir necha oy davomida Toshkent shahridagi chorrahalarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kameralar avval Toshkentda, so‘ngra Samarqandda va undan keyin respublikaning qolgan regionlari bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Shu o‘rinda jarimalar haqida, kuzatuv kameralari avtomobilning davlat raqamini suratga oladi. Shu sabab, jarima avtomobilning huquqiy egasiga solinadi. 60 kun ichida belgilangan jarima to‘lanmasa, avtomashina jarima maydonchasiga olib ketiladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfslizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Zoir Saidaliyev Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.