TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Issiq-ko‘lda joylashgan avval O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan va to‘rt oy oldin Qirg‘iziston hisobiga o‘tkazilgan pansionatlar nomi o‘zgartirildi, Issiq-Ko‘l tumani ma’muriyati rahbari Danir Imanaliyev xabariga asosan.
Ushbu yilning aprel oyida Issiq-Ko‘l bo‘yida joylashgan O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan to‘rt pansionat Qirg‘iziston hukumati hisobiga o‘tkazilgan edi. Ulardan uchtasi ("Zolotie peski", "Roxat", "Dilorom") Issiq-Ko‘lning shimoliy qirg‘og‘ida biri ("Bo‘ston")janubida joylashgan edi.
Bundan buyon "Zolotie peski" pansionati – “Bosteri”, "Roxat NBU" - "Altin Jay", "Dilorom" esa "Ene Say" deb nomlangan. Ushbu uch pansionat Qirg‘iziston davlat mulkini boshqarish tizimiga tegishli bo‘lgan "Vitaz" davlat korxonasiga hisobiga o‘tgan.
Xabar berilishiga ko‘ra "Altin Jay" pansionati boshqaruvchichi etib vaqtincha Mirzabek Ismailov, "Ene Say" boshqaruvchichi etib esa Kelgenbay Chaldjanov tayinlangan.
2015 yilda O‘zbekiston respublikasi tomonidan boshqarilgan pansionatlar Qirg‘iziston davlat budjetiga 11,5 milliona somov soliq to‘lashgan edi. Ushbu pansionatlardan eng katta daromad keltirgani bu “Zolotie peski" — 4,56 milliona somov, eng kam daromadlisi esa — "Buston" —330 ming som.
Eslatib o‘tamiz, 1991-1992 yillarda MDH davlatlari orasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, sobiq SSSR davrida qurilgan barcha inshootlar ular joylashgan mamalkatlar mulkiga o‘tkazilishi kerak. Ushbu shartnomaga ko‘ra, sobiq Ittifoq davrida qurilgan, O‘zbekistonga tegishi bo‘lgan to‘rt pansionat, bir necha suv va gaz inshootlari Qirg‘iziston mulkiga o‘tkazilgan edi. Ushbu yilning aprel oyida ushbu jarayonning oxirgi bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.