TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi, Issq Ko‘lda joylashgan, O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan “Rohat”, “Dilorom” va “Zolotie peski” oromgohlarini Qirg‘iziston hisobiga o‘tkazish haqida qaror chiqardi.
Qirg‘iziston chegarani bo‘lish bo‘limi boshlig‘i Qurbonboy Iskandarovning so‘zlariga qaraganda, buning hech ajablanarli joyi yo‘q, chunki O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida tuzilgan 1992 yilgi shartnomaga ko‘ra, sobiq SSSR davrida qurilgan barcha inshootlar ular joylashgan mamalkatlar ixtiyoriga o‘tkazilishi kerak.
Sobiq Ittifoq davrida Qirg‘iziston hududida O‘zbekistonga tegishli bir necha kanallar, gaz qazib olish va saqlash stansiyasi, oromgohlar va boshqa qator mulklar qurilgan edi. Ittifoq tarqalib ketganidan keyin, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rasmiy vakillari, o‘zaro kelishuv asosida, ushbu mol mulklar qaysi mamlakat hududida bo‘lsa, ush mamlakat ixtiyoriga o‘tishi haqida shartnoma imzolashgan.
O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi ushbu vaziyatga hozircha hech qanday izoh bergani yo‘q.