ShHT sammitidan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari iliqlashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston rahbari ma’muriyatidagilar Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitidan so‘ng, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashishiga umid bildirishmoqda", deb yozadi Sputnik Tojikiston.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-iyun kuni yangi tayinlangan Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Sodiq Imomdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib olgan edi, deb yozadi Sputnik Tojikiston nashri.

Tojikiston elchisi bilan uchrashuvda o‘zbek va tojik xalqlarining taqdirini umumiy tarix, ma’naviy qadriyat va an’analar bog‘lab turishi ta’kidlangan edi.

"ShHT sammiti asnosida O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv hamda unda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etilgan edi", — deyiladi xabarda.

Bundan sal vaqt oldin esa, Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati Emomali Rahmon O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga ShHT sammitidagi iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, qulay vaqt bo‘lganida, Tojikistonga tashrif buyurishga taklif qilgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkent aeroportida - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston prezidenti ShHTda ishtirok etish uchun Toshkentga yo‘l oldi

Eslatib o‘tamiz, sobiq Ittifoq tarqatilganidan buyon, ikki mamlakatni murakkab munosabatlar bog‘lab turmoqda, deya ta’kidlash mumkin. 1992-yildan buyon, ya’ni ikki mamlakat mustaqillikka erishgan vaqtdan ko‘p o‘tmay Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlar bekor qilingan. 2001-yilda avval O‘zbekiston, so‘ngra Tojikiston bir-biriga nisbatan viza tartibini kiritdi.

Rasmiy Dushanbe muntazam ravishda O‘zbekiston hukumatini Tojikiston temir va avtomobil yo‘llarni blokirovka qilishda ayblasa, Toshkent, o‘z navbatida, Rog‘un GESi uchun Tojikiston hukumatini tanqid qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0