TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati.
Ishchi safari davomida Emomali Rahmonga Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslov, tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha prezident maslahatchisi Azamsho Sharifiy, savdo va iqtisodiy rivojlanish vaziri Ne’matullo Hikmatullozoda hamda Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzodalar hamrohlik qilishmoqda.
ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini meyoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.