TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Qohira universiteti huzuridagi Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Ala Faruk qalamiga mansub ushbu maqolada Islom Karimov va Si Szinpinning tor doiradagi suhbatida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etilgani barobarida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashilgan, deb xabar qiladi "Jahon” AA.
Gazeta Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston Xitoy bilan strategik sheriklik va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni yuksak baholaydi va qadrlaydi”, deb aytgan so‘zlarini o‘z o‘quvchilarining e’tiboriga havola qilgan.
Nashr XXR Raisining O‘zbekistonga navbatdagi tashrifidan mamnun ekanini, o‘zaro hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlagani, shuningdek, uning O‘zbekistondagi boy tarix va madaniyatga katta hurmat bilan qarashini tashrif chog’i ma’lum qilganini ham qalamga olgan.
Maqolada ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha pozitsiya va yondoshuvlari o‘xshash yoki yaqin ekanligi, bu esa o‘zaro va ko‘p tomonlama aloqalarida muhim o‘rin tutayotganiga ham alohida urg’u berilgan.