Ekspert: O‘zbekiston Xitoy uchun — Markaziy Osiyodagi muhim ustun

Obuna bo‘lish
Xitoy bilan hamkorlik o‘zbek iqtisodiyoti va atom energetikasi sohasida muhim bosqich bo‘ladi, deb ta’kidlaydi sharqshunos Aleksey Maslov. “Xitoy xalqaro tashkilotlar doirasidan tashqarida O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlamoqchi”, deb aniqlik kiritdi mutaxassis.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik, Mariya Sheludakova. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekinga rasmiy tashrif uyushtirdi. Xitoy poytaxtida O‘zbekiston TIV rahbari o‘z hamkasbi Van I bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. “Iqtisodiyot oliy maktabi” Milliy tadqiqot universiteti sharqshunoslik bo‘limi rahbari Aleksey Maslov o‘zbek-xitoy munosabatlari istiqbollari haqida fikr bildirdi.

Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi 2016-yilda boshlanadi

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab jabhalar  bo‘yicha rivojlanayotgan bo‘lsa-da, sharqshunos hamkorlikning uch asosiy bosqichini alohida ajratib ko‘rsatdi.

"Birinchisi — transport hamda infratuzilma-logistik hamkorlik. Xitoy tezurar temiryo‘llar hamda avtomobil yo‘llari qurilishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lyapti. Kelajakda bu yo‘llar O‘zbekistonni Xitoy bilan bog‘laydi. Va bu orqali O‘zbekiston Xitoy yaratayotgan “transport koridor”ga qo‘shiladi. Bu koridor bo‘ylab yuklar Qozog‘istonga, keyinchalik ehtimol, Gruziya va Ozarbayjonga, Turkiya va Yevropaga olib chiqilishi mumkin”, — deb tushuntirdi ekspert.

Gaz uzatish quvuri qurilish ishlari. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurlari qurilishi boshlanmoqda

Bu hamkorlik O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi turgan gap, chunki u “Xitoy logistikasi tuzilmasida katta ulushni” qo‘lga kiritadi.

Ikkinchidan, deya ta’kidladi Maslov, O‘zbekiston Xitoy bilan atom elektr stansiyalari borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Xitoy atom energetikasi sohasida yetishtirgan tayyor mahsulotlarni endilikda O‘zbekistonga ham yetkazib berishi mumkin.

Davlatlar shuningdek, qishloq xo‘jaligi va tabiiy resurslar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Sababi, Xitoyda ekologik toza mahsulotlarga ehtiyoj baland.  O‘zbekiston esa o‘zining yaxshi rivojlangan qishloq xo‘jaligi hamda arzon paxtasi bilan shaharlari soni tobora ortib borayotgani sabab, yer hosildorligini boy berayotgan Xitoy uchun havodek zarur. 

Bundan tashqari ekspert ikki davlatning terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishganini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Maslov, shu o‘rinda, O‘zbekiston Xitoy uchun Markaziy Osiyoda juda muhim ustun ekanligini, tengsiz hamkor bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Gaz uzatish quvuri qurilish ishlari. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurlari qurilishi boshlanmoqda

"Agar Xitoy o‘zbek iqtisodiyotini moliyalashtirishga va kreditlashtirishga tayyor bo‘lsa, O‘zbekiston yirik Osiyo mehnat taqsimotiga kirgan bo‘ladi. Bu O‘zbekiston rivojlanishida katta ilgarilashni yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Xitoy bilan rasman ShHT doirasida ham ko‘p jabhalarda hamkorlik qilib kelayotgan bo‘lsa-da, Xitoy bu tashkilotlardan tashqarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan ko‘proq manfaat ko‘rsa kerak”, — deb ta’kidladi ekspert.

Xitoy sarmoyachilari oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari hamda farmatseptika sohalari uchun katta mablag‘larni tikishmoqda.

Xitoyda tovar ayriboshlash oxirgi olti yil ichida uch barobarga ortgan. 2014-yilda bu ko‘rsatkich 4,7 milliard dollarni tashkil etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0