Obid Asomov va Munisa Rizayeva "Ahmadboy mashmashasi"ga izoh berishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda o‘zbek estradasi yulduzlari "Ahmadboy"ga qanchalik aloqador ekanliklari borasida sukut saqlamoqda. Manbalarning ta’kidiga ko‘ra, ular huquqni muhofaza qilish organlari e’tiborini jalb qilmaslik maqsadida shunday yo‘l tutmoqda.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘z vaqtida chek qo‘yilgan Ahmadboy piramidasi bugun O‘zbekistonda keng muhokama qilinayotgan mavzularning biriga aylandi. Bugun ertalab e’lon qilingan "Ahmadboydan jabr ko‘rgan estrada yulduzlari" ro‘yxati esa, olovga benzin quygandek ta’sir ko‘rsatdi, deb aytish mumkin.

Ahmad Tursunboyev - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy hammadan uzr so‘radi
Ahmadboy tomonidan tashlangan to‘rga ilingan san’at yulduzlari qatorida hofiz Sherali Jo‘rayev(300 ming $), Rashid Holiqov(250 ming $), Murod Rajabov(100 ming $), Jahongir Poziljonov(50 ming $), Munisa Rizayeva(35 ming $), Sardor Rahimxon(15 ming $)lar sanab o‘tilgan edi. Ro‘yhatda jami 18 nafar mashhurlar qayd etilgan.

Shuni e’tirof etish joizki, o‘zbek estradasi yulduzlari hozircha Ahmadboy bilan bog‘liq mojaro yuzasidan izoh berishga shoshilmayaptilar. Ular bu borada sukut saqlashni ma’qul ko‘rishmoqda. Manbalarning so‘zlariga qaraganda, san’atkorlarning aksariyati huquqni muhofaza qilish organi xodimlari va muxlislar e’tiborini jalb qilmaslik maqsadida shunday yo‘l tutmoqda.

O‘zbek qiziqchisi Obid Asomov o‘zining Instagram sahifasida Ahmadboy mashmashasi haqida quyidagi javobini yozib qoldirgan:

Ahmadboyga qarashli firmada tintuv o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy piramidasiga hissa qo‘shgan o‘zbek san’atkorlari ro‘yxati
"Bugun butun mamlakatimizda salomdan keyin bir savol "ko‘rdingmi Ahmadboy mashmashasini!" Aslida bu kursatuvga munosabat bildirmasdim, lekin telefonim tutab ketdi! Butun dunyodan qo‘ng‘iroqlar! Men ham ko‘rdim shu ko‘rsatuvni faqat ba’zi joylariga tushunmadim! Firibgar ushlanibdi jinoyati fosh bo‘libdi, jazo olishi muqarrar lekin… Biz san’atkorlar nima qilib yuribmiz? Tushunmagan tomoshabin bizni ham hamtovoqqa chiqarib qo‘yapti! Aybimiz to‘yda xizmat qilganimizmi? Avvalo to‘y o‘tgan yili yanglishmasam noyabr oyida bo‘lgan edi! Menga shunaqa bir boy yigit o‘zini farzandiga qo‘shib yetim bolalarni ham sunnat qilib berapti deyishdi! Juda katta to‘yxona kamida ikki ming kishi bo‘ldiyov! Sanatkorlar juda ko‘p! Ahmadboyni o‘sha kuni tanidim! To‘yxonada har soha vakillari kazo-kazolardan tortib, televidenie xodimlarigacha bor edi! Biz san’atkormiz biznesmenmi, olimmi, hammolmi aytilgan joyga boramiz, tirikchilik! Shaxsan men hech narsani unga topshirganim yo‘q! O‘sha to‘yda unutilmas voqea bo‘lgan, to‘y ohirida o‘sha kuni kiygan yangi tuflimni kimdir ilib ketdi! Ahmadboy uydan o‘zini tuflisini obchiqib berdi! Tufli uyda! Mabodo kerak bo‘lsa! Men yo‘qotgan tufligimga roziman!"

O‘z navbatida, Munisa Rizayeva ham Instagram sahifasida Ahmadboyga hech qanday aloqasi yo‘qligi haqida yozgan.

"Men unga hech qanday pul bermaganman, ustiga-ustak foiz evaziga! Bu axir katta gunoh-ku. Yaratgan Egam mendan o‘z ne’matlarini ayamagan, hamma narsam yetarli. Iltimos, mish-mishlarga ishonmang", — deya murojaat qilgan xonanda o‘z muxlislariga.

Yangiliklar lentasi
0