TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ijtimoiy tarmoq sahifalarida xalq orasida "Ahmadboy" nomi bilan mashhur "tadbirkor" tomonidan tuzilgan moliyaviy piramidagi o‘z pullarini tikkan o‘zbek estradasi yulduzlari ismlari paydo bo‘ldi.
E’lon qilingan ro‘yxatga muvofiq, firibgar mijozlari orasida o‘zbek estradasining eng mashhur yulduzlari qayd etilgan. Misol uchun, birinchi raqamli o‘zbek qo‘shiqchisi, deya e’zozlanadigan Ozodbek Nazarbekov Ahmadboyga 400 ming dollar bergani ma’lum.
Ahmadboy tomonidan tashlangan to‘rga ilinganlar — hofiz Sherali Jo‘rayev — 300 ming dollar, Rashid Holiqov — 250 ming dollar, Murod Rajabov — 100 ming dollar, Jahongir Poziljonov — 50 ming dollar, Munisa Rizayeva — 35 ming dollar, Sardor Rahimxon — 15 ming dollar. Ro‘yhatda jami 18 nafar mashhurlar qayd etilgan.
Shuni e’tirof etish joizki, ro‘yxatda nomi tilga olingan yulduzlarning aksariyati Ahmadboyga aloqasi borligini allaqachon inkor etgan. Sputnik O‘zbekiston voqealar rivojini kuzatib boradi.