TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Turkiya Anqara va Brussel o‘rtasidagi kelishuv amalga oshishini imkon qadar murakkablashtiruvchi odimga yo‘l qo‘ymoqda, deb xabar bergan RIA Novosti.
"Bugun shu yerdagi aka-ukalarimiz va opa-singillarimiz uchun yaxshi xabarlarim bor. Oralaringizda Turkiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lganlar bor. Ichki ishlar vazirligimiz shu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Turkiya sizning ham uyingiz", deb ta’kidlagan o‘z chiqishida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti fuqarolik berilishi jarayoni ikir-chikirlari, uning muddati va fuqarolikka ega bo‘lish uchun taqdim etiladigan ariza mezonlari haqida aytib o‘tmagan. Shu bois, deb yozadi nashr, prezidentning ushbu so‘zlariga "kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan reja" sifatida qarash lozim.