TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning Erdo‘g‘on o‘z xalqi istaklarini yaxshi bilmasligi haqidagi bayonotini keskin tanqid ostiga oldi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Sizlar turk xalqini umuman bilmaysizlar. Bu xalq vizasiz sayohatga chiqish ketidan chopmaydi. Aksincha, agar Turkiya o‘z darvozalarini ochib yuborsayu, qochoqlarning hammasi Yevropa tomon yo‘l olsa nima bo‘lishini o‘ylab, sizlarning oromingiz yo‘qolgan. Ammo… bularning barchasiga qaramay, biz qochoqlar haqida qayg‘urib kelyapmiz. Nima uchun? Chunki biz insonlar haqida qayg‘urmoqdamiz, sizlardan farqli o‘laroq. Sizlarni esa bu kabi masalalar umuman qiziqtirgani yo‘q. Turkiyaga qochoqlarning qaytarilishi haqidagi va boshqa bitimlar – sizlarga ishonish mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. izlar bergan va’dangizda turmaysiz", — degan Yunkerga javoban Erdo‘g‘on. Turkiya rahbarining so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan.
"Mana siz xunuk basharangizni namoyon qildingiz. Shuning uchun ham, Erdo‘g‘on butun dunyoga sizning buzuq basharangizni ko‘rsatganda, sizning bundan jahlingiz chiqadi” degan Turkiya prezidenti o‘zi haqida uchinchi shaxs nomidan gapirib.
Turkiya prezidenti, shuningdek, YeI “aholisining aksariyati musulmonlarni tashkil qiluvchi mamlakat bo‘lgani” uchun Turkiyani o‘z safiga qo‘shib olishga shoshilmayotganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya 4-maydan boshlab, Turkiya fuqarolari uchun cheklovlarni bekor qilish taklifini kiritgan. Buning uchun, iyun oyi oxiriga qadar Turkiya mamlakatda korrupsiyaning oldi olishi, Yevropol bilan tezkor ravishda bitim tuzish muzokaralarini o‘tkazishi, YeI tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bilan sud hamkorligini yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha qoidalarni YeI standartlariga muvofiqlashtirishi lozim.
Viza tartibini erkinlashtirish — Anqara va Brussel o‘rtasida mart oyida qochqinlar borasida tuzilgan kelishuvning bir qismidir. Yevropaga yo‘l ochilishi uchun Anqara Yevropa Ittifoqining 72ta shartini bajarishi lozim.