TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. CLICK mobil to‘lovlar tizimida O‘zbekiston banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan bir plastik onlayn karta hisobidan ikkinchisiga pul mablag‘larini o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi, deya xabar qilinmoqda kompaniya rasmiy saytida.
Ayni vaqtda "Aloqabank" va "Agrobank" mijozlari bunday imkoniyatdan foydalana olishlari mumkin.
Kompaniya bundan buyog‘iga hamkor-banklar ro‘yxatini kengaytirish niyatida.
O‘tkazmalar *880*karta_raqami*summa# yoki *880*3*telefon_raqami*summa# USSD-so‘rovlari orqali amalga oshiriladi.
Plastik kartadan pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan paytda jo‘natgan foydalanuvchidan 2% miqdorida xizmat haqi ushlab qolinadi. O‘tkazmalarni oshirish mumkin bo‘lgan plastik kartalar chiqargan banklar soni doimiy ravishda kengaytirilib, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha bank-emitentlarni qamrab olishi kutilmoqda.