O‘zbekiston o‘z fuqarolariga Turkiya, Xitoy va BAAda kartalardan foydalanishni ta’qiqladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVISA va MasterCard xalqaro to‘lov tizimi bank kartalari
VISA va MasterCard xalqaro to‘lov tizimi bank kartalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xullas, yangi qoidalarga muvofiq, o‘zbekistonliklar endilikda o‘z konvertatsiya kartalaridan Turkiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklaridagi ulgurji va chakana savdo punktlaridagi terminallarda foydalana olmaydilar.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 1-iyuldan boshlab, konvertatsiya kartalardan foydalanishning yangi qoidalarini joriy qildi, deb xabar qilishdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga mamlakatning bir nechta old banklarida.

Yangi qoidalarga muvofiq, endilikda o‘zbekistonliklar o‘z konvertatsiya kartalaridan Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatlaridagi ulgurji va chakana savdo punktlaridagi terminallarda foydalana olmaydilar.

O‘zbekiston plastik kartalari: virtual pullar mashmashasiga qachon chek qo‘yiladi?
Bundan tashqari, mablag‘lar hamda konvertatsiya kartalari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston hududidan tashqarida naqd pulni yechib olish limiti ham qayta ko‘rib chiqildi. 2016-yil 1-iyuldan boshlab chet elda bo‘lgan o‘zbekistonliklar o‘z kartalaridan bir oyda bor-yo‘g‘i 300 dollar yechib olishlari mumkin bo‘ladi. Bunga qadar O‘zbekiston fuqarolari o‘zlariga tegishli kartalardan bir kunda 100 dollarga yaqin mablag‘ni yechib olishlari mumkin edi.

"Ushbu choralar ko‘rilishiga sabab, so‘ngi vaqtlarda konvertatsiya kartalaridan sanksiyalanmagan tarzda foydalanish holatlar avj olib ketdi, ayniqsa, bu holatlar Turkiya, Xitoy va BAAdagi ulgurji va chakana savdo punktlarida haddan ziyod ko‘p kuzatildi", — deb ta’kidlagan Markaziy Bank vakili.

Yangiliklar lentasi
0