Putin NATO o‘z kuchlarini nima uchun Yevropa sharqida jamlayotganini aytdi

Obuna bo‘lish
Prezident Vladimir Putin Rossiyadagi xorij mamlakatlar elchilari hamda vakillari majlisini chaqirib, ular oldida dolzarb masalalar yuzasidan nutq so‘zladi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. NATOning Rossiya chegarasi yaqinidagi harakatlari o‘rnatilgan harbiy qoidalarni buzmoqda, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi xorij mamlakatlar elchi hamda vakillari kengashida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Turkiya Rossiyadan kechirim so‘radi va endi munosabatlar tiklanadi

"Bizni mudom harbiy jihatdan o‘ta faollikda ayblab kelishadi. Bu harakatlarni qayerda amalga oshirapmiz? O‘z hududimizda. Bizning chegaramiz yaqinida ro‘y berayotgan harakatlar esa "normal holat" hisoblanadi", — deb ta’kidladi Putin.

"Polsha, Boltiqbo‘yida hujum qurollari joylashtirilib, ular soni vaqti-vaqti bilan to‘ldirilmoqda. Bularning barchasi o‘n yilliklar davomida hosil bo‘lgan harbiy qoidalarni buzishga qaratilgan", — deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0