O‘zbekiston telekanalida “Axmad vasvasasi” filmi namoyish etildi

© YoutubeAxmad Tursunboyev haqida film
Axmad Tursunboyev haqida film - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hujjatli film ikki hafta oldin O‘zbekistonda fosh qilingan Ahmadboy moliya piramidasi haqida. Filmda voqeaning yangi tafsilotlari va uning umumiy tahlili keltirilgan.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekiston va Toshkent telekanallarida “Axmad vasvasasi” filmi namoyish etildi.

Filmda voqeaning ba’zi yangi tafsilotlari ham keltirilgan. Jumladan ashyoviy dalil sifatida olingan mablag‘lar 13 mlrd so‘m va 12 mln dollar ekanligi aytib o‘tilgan, moliya piramidasiga ko‘proq odam jalb qilish uchun mashhur va obro‘li odamlar nomlaridan keng foydalanilganligi aytib o‘tilgan.

O‘zbekiston so‘mi - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy moliya piramidasi faoliyatiga - o‘z vaqtida chek qo‘yildi

Axmad Tursunboyevning o‘zi ham intervuda — xato qilganini tushunganini, lekin ortga qaytishga yo‘l yo‘qligini, aytib o‘tgan.

Undan tashqari, film yaratuvchilari Ahmadboy moliya piramidasiga chuqurroq nazar tashlab, nega shunday bo‘ldi degan savolga javob qidirishadi.

Filmda dunyoda avval mavjud bo‘lgan mashhur piramidalar haqida ham hikoya qilib berilgan. Jumladan, Xitoydagi Van Fen ismli shaxs tashkil qilgan piramida haqida ham aytib o‘tilgan. Van Fen dastavval obro‘li tadbirkor deb taniladi, piramida hajmi 2 mlrd dollardan oshib ketadi. Inqirozga uchraganidan keyin esa millionlab oddiy fuqarolar o‘z mablag‘ini yo‘qotadi, keyinchalik, uning noqonuniy faoliyati fosh qilingach — qatl qilinadi. 

Ahmadboyga qarashli firmada o‘tkazilgan tintuv jarayonidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
Chinozlik Ahmadboy ijtimoiy tarmoqlarda kun qahramoniga aylandi

Film yaratuvchilari Ahmadboy moliya piramidasiga chuqurroq nazar tashlab, nega shunday voqealar dunyoning turli burchaklarida qayta-qayta sodir bo‘ladi, degan savolga javob qidirgan.

Iqtisod qonunlaridan biroz xabardor bo‘lgan odam, hech qanday foydali ish bajarilmasa, mablag‘ o‘z-o‘zidan ikki baravar ko‘paymasligini yaxshi tushunishadi. Hattoki, dunyoning yetakchi kompaniyalari ham o‘rtacha 5-10 % yillik daromad va’da berishadi. 

Hujjatlarni tekshirish ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Manba: Ahmadboy mijozlari orasida shou-biznes vakillari va amaldorlar bo‘lgan

Afsuski, odamlarning ko‘pchilligi mantiqqa emas, ko‘chadagi gapga, vasvasaga ishonishga o‘rganib qolishgan. “Paloncha 1000 so‘m berib 2000 qilib olibdi” degan gaplar kimgadir o‘ta kuchli asos va bor pulini qo‘ltiqlab yugurishga belgi bo‘lishi mumkin. Ustiga ustak, “Axmadboy” shunday gaplarning tarqalishini ta’minlab turgan. Ayniqsa palonchi mashhur artist yoki palonchi obro‘li hokim ham bizning “abonent” degan gaplar doimiy ravishda takrorlanib turilgan. 

Xullas, qissadan hissa shuki har qanday moliya piramidasining asosida hech ish qilmasdan mo‘may pul topish istagi va odam ochko‘zlik yotadi. To ushbu illatlarga chalingan kishilar jamiyatda ko‘p ekan, ulardan turli yo‘llar bilan pul olishga usta bo‘lgan “Ahmadboylar” ham paydo bo‘laveradi.

Yangiliklar lentasi
0