Putin: Rossiya AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor, faqat teng huquqli asosda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir-birimizning manfaatlarimizni hisobga olgan holda, AQSh bilan teng huquqli hamkorlik o‘rnatishga tayyormiz, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor, faqat bu teng huquqli asosda ro‘y bermog‘i lozim, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni o‘tkazilgan elchilar va xorijiy davlat vakillari ishtirokidagi majlisda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin NATO o‘z kuchlarini nima uchun Yevropa sharqida jamlayotganini aytdi
"Biz AQSh bilan xalqaro masalalarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. Ammo, Amerikaga xos insteblishmentni (yakkahokimlik ma’nosida, tahr.) hazm qila olmaymiz. Ya’ni, ularga qo‘yib bersa, qaysi masalada biz bilan hamkorlik qilish mumkinu, qayerda sanksiyalar orqali bosim o‘tkazishni nazorat qilib borishni xohlashadi. Biz esa, bir-birimizning manfaatlarimizni hisobga olgan holda, teng huquqli asosda hamkorlik o‘rnatish tarafdorimiz. Va faqat shu asosda ishlaymiz", dedi Rossiya rahbari o‘z nutqida.

Yangiliklar lentasi
0