TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Istambul aeroportida amalga oshirilgan teraktlarda Checheniston fuqarosi Axmed Chatayev gumon qilinmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti Yeni Safak nashri asosida.
Yeni Safak nashrida yozilishicha, politsiya ushbu teraktlarda sakkiz kishini gumon qilmoqda. Ulardan biri hibsga olingan, to‘rttasi ustidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.
Nashr e’lon qilingan xabarga ko‘ra, portlashlar tashkilotchisi Chatayev bo‘lishi mumkin. U avvaliga “Imarat Kavkaz” jinoiy uyushmasida faoliyat yuritgan va keyinchalik “ID” safiga qo‘shilgan bo‘lishi mumkin, deb yozilgan nashrda.
Uch nafar kamikadze-terrorchilar – Dog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridir, deb yozadi nashr maxsus xizmat organlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda.