Istambuldagi terakt qurbonlari orasida ikkinchi O‘zbekiston fuqarosi bor ekan

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishIstambul xalqaro aeroporti
Istambul xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurbonlar orasida Namanganlik 22 yoshli Abrorjon Ustabayevning jasadi topildi. Oldin faqat bir O‘zbekiston fuqarosi haqida xabar bergan edik.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugun Stambul xalqaro aeroportidagi teraktda yana bir O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lgani haqida ma’lum bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Esaltib o‘tamiz Istambul aeroportining xalqaro termnalida seshanba kuni kechqurun uch terrorchi yo‘lovchilarga qarata o‘qotar qurollardan o‘q uzgan va uch portlovchi moslamalarni ishlatgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 43 kishi qurbon bo‘lgan, 239 jarohatlangan.

“Terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston respublikasining Namangan viloyatida yashovchi 22 yoshli  Abrorjon Ustabayevning jasadi ham topildi”, — deb xabar qildi Turkiyaning  Haberturk internet nashri. Xabarda aytilishicha Abrorjon aeroportga yetib kelib taksidan tushgan zahotiyoq qurbon bo‘lgan.

Turkiya nashrlarida kecha mamlakat Adliya vazirligi tomonidan tuzilgan qurbonlar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ular orasida 13 ta chet el fuqarosi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi Samat Muhiddinov ham bor edi. Yana 4 kishi shaxsi aniqlanmagan deb ko‘rsatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0