Erdo‘g‘on va Putin o‘rtasidagi suhbat 45 daqiqa davom etdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘onga yaqin manba Turkiya prezidentining Vladimir Putin bilan suhbati qay tariqa kechgani haqida gapirdi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Erdo‘g‘onning Putin bilan suhbati "o‘ta sermazmun va pozitiv" kechdi. Bu haqda NTV telekanaliga Turkiya prezidentiga yaqin manba xabar qilgan. RIA Novosti xabari asosida.

Suhbatdosh, shuningdek, ikki yetakchi o‘rtasidagi telefon suhbati 45 daqiqalar chamasi davom etgani haqida ma’lum qilgan. Rasmiy bayonot sal kechroq berilishi xabar qilinmoqda.

Turkiya - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya hukumati "Su-24" uchuvchisi oilasiga tovon puli to‘lash shartini aytdi
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, urib tushirilgan "Su-24" uchun uzr so‘ragan edi.

Sal kechroq Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim Anqara marhum uchuvchi oilasiga tovon puli to‘lashga rozi ekanligini ma’lum qildi.

Kreml Erdo‘g‘onning maktubi davlatlar o‘rtasida munosabatlar tiklanishida muhim rol o‘ynashini tan olsa-da, ammo barcha muammolarni ikki-uch kunda hal etish mumkin emasligini aytib o‘tdilar.

Yangiliklar lentasi
0