Turkiya hukumati "Su-24" uchuvchisi oilasiga tovon puli to‘lash shartini aytdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishTurkiya
Turkiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya rahbari Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida, urib tushirilgan "Su-24" uchun uzr so‘rab, uning uchuvchisi o‘limi uchun chuqur hamdardlik bildirgan, hamda Rossiya bilan munosabatlar buzilishini xohlamaganini ta’kidlagan edi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Turkiya hukumati marhum uchuvchi Oleg Peshkov oilasiga tovon puli to‘lashi mumkin, deb ta’kidladi Turkiya prezidenti matbuot-kotibi Ibrohim Qalin. RIA Novosti xabari asosida.

"Agar marhum uchuvchi Oleg Peshkovning oilasi a’zolari tovon to‘lashni talab qilib murojaat qilsa, bu masala Turkiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin", deb aytgan Qalin. Uning so‘zlaridan Hurriyet nashri iqtibos keltirgan.

Toyyip Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on kechirim so‘radi
Bundan sal oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya rahbari Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida, urib tushirilgan "Su-24" uchun uzr so‘rab, uning uchuvchisi o‘limi uchun chuqur hamdardlik bildirgan, hamda Rossiya bilan munosabatlar buzilishini xohlamaganini ta’kidlagan edi.

Kreml rahbariyati Erdo‘g‘on tomonidan yo‘llangan maktubga davlatlar o‘rtasida munosabatlar tiklanishi uchun qo‘yilgan muhim qadam sifatida qarashmoqda.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘on muhim qadam qo‘yganini e’tirof etar ekan, "Su-24" mojarosi bir necha kun ichida hal bo‘ladigan muammo emas", deya qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0