Xitoy o‘z fuqarolariga Turkiyaga bormaslikni maslahat bermoqda

© REUTERS/ STRINGERIstambuldagi aeroport
Istambuldagi aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Istambulda ro‘y bergan qator portlashlardan so‘ng, o‘z fuqarolarini Turkiyaga borishdan saqlanishga chaqirdi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. XXR TIV Istambulda sodir etilgan qator teraktlardan so‘ng o‘z fuqarolarini Turkiyaga borishdan saqlanishga, Turkiyadagi xitoyliklarni esa xushorroq bo‘lishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Otaturk nomidagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyadagi teraktlar: ID "halifati" tashkil topgani bir yilliga 36 qurbon
"Hozirgi sharoitda XXR TIV va Xitoyning Istambuldagi Bosh konsulligi Xitoy fuqarolariga Turkiyaga borishdan saqlanishni tavsiya qilmoqda, Turkiyadagi xitoyliklarni esa xushorroq bo‘lishga chaqiradi", — deb ta’kidlagan chorshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Xun Ley.

XXR TIV vakili, shuningdek, Xitoy TIV rahbari Van I Turkiya Tashqi ishlar vaziriga hamdardlik maktubini yo‘llaganini ma’lum qildi.

"Xitoy aybsiz fuqarolarga qarshi qaratilgan ushbu terrorchilik aktini keskin qoralaydi… Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Turkiya Tashqi ishlar vaziriga hamdardlik maktubini yo‘lladi", — degan Xun Ley.

Yangiliklar lentasi
0