Turkiyadagi teraktlar: ID "halifati" tashkil topgani bir yilliga 36 qurbon

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishOtaturk nomidagi xalqaro aeroport
Otaturk nomidagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Bosh vaziri Otaturk aeroportiga qilingan hujum ortida "ID" terrorchilik uyushmasi turibdi, deya bayonot berdi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Otaturk nomidagi xalqaro aeroportining kirish, chiqish hamda parkovka qismida yuz bergan portlashlar natijasida, 36 kishi halok bo‘ldi, 147 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, uch nafar kamikadze-terrorchi tomonidan, shuningdek, qurol ham ishlatilgan.

"Biz… bir erkak atrofga qarata o‘q uzayotganining guvohi bo‘ldik. U o‘z oldidan chiqqan duch kelgan kishini o‘qqa tutar edi. U qop-qora kiyimda edi", — deb hikoya qildi fojeaga guvoh bo‘lgan sayyohlardan biri.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim dastlabki ma’lumotlar Otaturk aeroportiga qilingan hujum ortida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi turganini ko‘rsatganini ma’lum qildi. 

Internet foydalanuvchilari esa, bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam, ya’ni 2014-yil 29-iyunida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘zining "halifat" tashkil etgani haqida ommaga e’lon qilganini eslatib o‘tishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Moskva vaqti bilan 22.00da Istambul shahridagi Otaturk aeroportida uchta portlash sodir etildi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, teraktlar oqibatida 36 kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0