Erdo‘g‘on kechirim so‘radi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishToyyip Erdo‘g‘on
Toyyip Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on Suriyada qurbon bo‘lgan uchuvchi o‘limi uchun kechirim so‘radi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yozgan xatida Suriyada qurbon bo‘lgan uchuvchi Oleg Peshkov o‘limi uchun kechirim so‘radi, Kreml matbuot xizmati xabari asosida.

“Men, qurbon bo‘lgan rossiyalik uchuvchi oilasiga, yana bir bor o‘zimning hamdardligimni izhor qilib, chuqur ta’ziya bildiraman va kechirim so‘rayman. Butun yuragim bilan ularning dardiga sherikman. Rossiyalik uchuvchi oilasini Turk oilasi sifatida qabul qilamiz. Yetkizilgan qayg‘u va zararni qoplash uchun biz har qanday tashabbusga tayormiz”, — deb Erdo‘g‘onning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Turkiya prezidentining xatida aytilishiga ko‘ra “rossiyalik uchuvchi o‘limi bilan bog‘liq Turkiya fuqarosi ustidan tergov ishlari boshlangan”.   

Undan tashqari xatda, Erdo‘g‘on “Rossiya va Turkiya uchun odatiy bo‘lgan do‘stona munosobatlarni tiklash uchun kerak bo‘lgan hamma narsani qilishga, shu bilan birga hududdagi mojarolarni bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilshga va terrorchilikka qarshi kurashga tayor ekanligini” ta’kidlagan.    

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Turkiya munosobatlari o‘tgan yilning kuzida, Suriya osmonida Rossiya Havo-Kosmik kuchlariga qarashli bo‘lgan Su-24 bombardimonchi samoyoti Turkiya qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilganidan keyin, keskin o‘zgargan edi. Parashutda sakragan rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkov terrorchilar tomonida jang qilayotgan Turkiya fuqarosi tomonida otib tashlangan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu voqeani “Terrorchilar hamtovoqlari tomonidan zimdan berilgan zarba” deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0