TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Xarkov Havo kuchlari harbiylarini Rossiyani “jilovlashga” tayyorgarlik ko‘rishga buyruq berdi, deb xabar qiladi RIA Novosti axborot agentligi. Bu haqda Ukraina prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilingan.
"Bizning harbiy aviatsiyamiz o‘z maqsadi, olov zalpi va masofadan turib nishonga olish xususiyatlari bo‘yicha Rossiya ambitsiyalarini ushlab turishga va har qanday tajovuzkorga munosib zarba berishga qodir kuchga aylanishi lozim”, — deya bayonot qilgan Poroshenko.
Ukraina rahbari, 2016-yilda mamlakat aviatsiyasi modernizatsiyasi uchun 2,5 millliard grivna (taxminan 6,4 milliard rubl) ajratilganini qo‘shimcha qilib, bu mablag‘lar samolyot va vertolotlar modernizatsiyasi va ta’miri uchun sarflanishini qo‘shimcha qildi.