Ukraina prezidenti futbol bo‘yicha terma jamoa a’zolariga qurol sovg‘a qildi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishUkraina prezidenti P. Poroshenko
Ukraina prezidenti P. Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezident Poroshenko futbol bo‘yicha terma jamoasi a’zolari uchun antiqa sovg‘a tanladi – Yevro-2016 final bosqichiga chiqqani uchun ukrainalik futbolchilarning har biri o‘z ismi yozilgan qurol bilan taqdirlandi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik.  Ukraina terma jamoasining to‘qqiz nafar futbolchisi Potr Poroshenkodan o‘z ismi yozilgan qurolni sovg‘a sifatida qabul qildi. Terma jamoa Yevro-2016 final bosqichiga chiqqani uchun jamoa bosh murabbiyi hamda Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti ham xuddi shunday sovg‘a bilan taqdirlandi, deb xabar qiladi mahalliy OAV.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida Ukraina Mudofaa vaziri bir qator siyosatchilarga mukofot tarzida qurol sovg‘a qilgani mamlakatda katta janjal avj olishiga sabab bo‘lgan edi.
Jumladan Arseniy Yatsenyuk “gangsterlar yoqimtoyi” – Tompson to‘pponcha-pulemot va unga qo‘shimcha tarzida 203ta o‘qni sovg‘a sifatida olgan edi.
Fransiyada 10-iyundan 10-iyulga qadar o‘tkazilishi kutilayotgan turnirning final bosqichida Ukraina termasi Germaniya, Polsha va Shimoliy Irlandiya jamoalari bilan uchrashadi.

Rossiya Dumasi deputati Irina Yarovaya, endi FIFA futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritib, sudyalarga bronejilet berilishini ta’minlashi lozim, deb ta’kidlamoqda.

“Sportga xuddi urushga nisbatan munosabatda bo‘lish – Yevromaydon yetakchisining Yevropa madaniy boyligiga qo‘shgan yangi hissasidir”, — deb yozgan deputat o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0