TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. “GTA bandasi” ustidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish sudga yo‘naltirildi. Jinoiy birikma a’zolari banditlik, qotilliklar, bosqinchilik ishlari, noqonuniy tarzda qurol yasash hamda saqlashda ayblanmoqda deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Bosh prokuraturasidan olingan ma’lumotlar asosida.
"Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori o‘rinbosari Viktor Grin Hazratxon Dodaxonov, Holiq Subhonov, Anvar Ulug‘murodov, Fazliddin Hasanov, Sherzodjon Qodirov, Mirzomavlon Mirzosharipov, Abdumuqim Mamadjonov, Umar Hasanov va Zafarjon G‘ulomovlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha ayblov xulosalalari e’lon qilinganini tasdiqladi. Jinoyatlarda ishtiroki darajasiga asosan ular banditlik, qotilliklar, bosqinchilik ishlari, noqonuniy tarzda qurol yasash hamda saqlashda ayblanmoqda", — deyiladi xabarda.
Jinoiy ish hozirda Moskva viloyat sudiga yo‘naltirilgan.
Jinoiy birikma boshlig‘i qo‘lga olinish jarayonida huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgani bois, voqea joyida o‘ldirilgan, Rossiya hududidan chiqib ketgan guruhning besh nafar a’zosi xalqaro qidiruvga berilgan.
“GTA bandasi” a’zolari, guruh faoliyati davrida Moskva shahri, Moskva hamda Kaluga viloyatlari hududida 16ta hujumni amalga oshirishgan. Jinoiy ishlar davomida 17 kishi o‘ldirilgan, ikki kishi jarohatlangan.