Jizzaxda “GTA bandasi” boshlig‘i 12-yil qamoq jazosiga mahkum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishJinoyatda gumon qilinganlar.
Jinoyatda gumon qilinganlar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning M4 “Don” avtotrassasida qator qotilliklarni sodir etgan “GTA bandasi”ga havas qilgan Furqat Jo‘rayev, O‘zbekistonga qaytgach, Jizzaxda shunday jinoiy guruhni tashkil etdi. Bugun banda boshlig‘i Furqat Jo‘rayev - 12-yilga, uning sheriklari esa – 5,5 yildan 7-yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilindi.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Jinoiy ishlar bo‘yicha Jizzax viloyati sudi juma kuni mamlakatning besh fuqarosini turli muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Qamoq jazosiga mahkum qilinganlar esktremistik guruh tashkil qilib, O‘zbekiston hududida kissavurlik va talonchilik ishlari bilan shug‘ullanishgan, hamda, qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan, deb xabar qildi sud vakili.

Qonun va odil sudlov ramzlari. - Sputnik O‘zbekiston
Jo‘natmada ham, telefonda ham...

"Guruh boshlig‘i, o‘ttiz besh yashar Furqat Jo‘rayev — 12-yilga, uning to‘rt sherigi esa – 5,5 yildan 7-yilgacha qamoq jazosiga mahkum etildi. Ayblanuvchilarning hammasi o‘z ayblariga iqror bo‘ldilar”, — deb aniqlik kiritdi suhbatdosh. Sud vakilining so‘zlariga qaraganda, Jo‘rayev bunga qadar talonchilik, nomusga tegish, narkotik moddalarni tayyorlash va sotishda ayblanib, Rossiyada besh yilga qamalib, 2014-yilda O‘zbekistonga qaytib kelgan.

"O‘z aybiga iqror bo‘lgan Jo‘rayev, Rossiyada yurgan vaqtida “GTA bandasi”ning ayrim a’zolari bilan tanishganini tan oldi. Shu tanishuvdan so‘ng, uning miyasida “jihod g‘oyasi” asosida, O‘zbekistonda ham shunday jinoiy guruh tashkil qilish fikri paydo bo‘lgan", — xabar qildi agentlikka huquqni muhofaza qilish vakili.

O‘zbekcha talqindagi “GTA banda”sining qolgan uch a’zosi – Aramis Avakan, Murodulla Qayumov hamda Elmir Bekmambetovlar ham 2013-yilda Rossiyadan qaytib kelishgan. Ular ham chet elda yurgan chog‘larida, Markaziy Osiyodan chiqqan diniy ekstremistlar bilan muloqotda bo‘lishgani va terrorchilik targ‘iboti bilan shug‘ullanishganini tan oldilar, deb ta’kidladi sud vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Rossiyaning M4 “Don” avtotrassasida noma’lum jinoiy guruh tomonidan bir qator qotilliklar sodir etildi. Mahalliy OAVlar jinoiy guruhga “GTA bandasi”, deb nom berdi. 2014-yilning noyabr oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar davomida, banda rahbari Ibaydullo Subxanov yashiringan joy aniqlandi va o‘tkazilgan operatsiya davomida, u yo‘q qilindi. Guruhning to‘qqiz nafar a’zosi ham tez orada hibsga olindi, yana to‘rt nafari esa xalqaro qidiruvga berildi. 2015-yilning oktabr oyida tergov ishlari tugatildi.

“GTA bandasi” a’zolari, guruh faoliyati davrida Moskva shahri, Moskva hamda Kaluga viloyatlari hududida 16ta hujumni amalga oshirganlar. Bu jinoiy ishlar davomida 17 kishi o‘ldirilgan, ikki kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0