Dunyoda

Tramp: Brexit men va Putin uchun koni foyda

© REUTERS / Lucy NicholsonMilliarder Donald Tramp
Milliarder Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Britaniyada boʻlib oʻtgan referendum uning oʻzi va Rossiya prezidenti uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi haqida gapirdi.

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga aʼzolikdan chiqish borasida Britaniyada oʻtkazilgan referendum uning oʻzi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun qay darajada ahamiyat kasb etishi haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Jumladan, RT telekanaliga bergan intervyusida milliarder quyidagicha taʼkidlagan: "Men va Putinning “Breksit”dan eng koʻp foyda olishiga kelsak, nima desam ekan… Putin janoblari “Breksit”dan naf koʻrishi mumkin, garchi unchalik koʻp boʻlmasa ham. Axir u kishi YEIga gina saqlagan”, — deb taʼkidlagan Tramp.

Amerikalik milliarderning fikricha, Vladimir Putin, shuningdek, AQSH prezidentini ham “unchalik yoqtirmaydi” va bu borada u yolgʻiz emas.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Britaniyada oʻtgan referendumdan soʻng Kemeron isteʼfo berdi
"Men haqimda esa u kishi ancha iliq fikrlar bildirgan. Voqea qanday rivoj topishini vaqt koʻrsatadi. Shaxsan men hammasi yaxshi boʻladi deb oʻylayman”, — qoʻshimcha qilgan Tramp.

Eslatib oʻtamiz, payshanba kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning YEIdan chiqishi boʻyicha referendum oʻtkazilgan edi. “Breksit” tarafdorlari gʻalaba qozondi: Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun mamlakatning 51,8 foiz aholisi ovoz berdi.

 

Yangiliklar lentasi
0