Britaniyada o‘tgan referendumdan so‘ng Kemeron iste’fo berdi

© REUTERS / Dylan MartinezBritaniya Bosh vaziri Devid Kemeron
Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil 24-iyun kuni Britaniyaning YeI a’zoligini saqlab qolish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalari e’lon qilingach, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron o‘zining iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Buyuk Britaniya Bosh vaziri payshanba kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra o‘zining iste’fo bergani haqida e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqish uchun mamlakatning 51,9% aholisi ovoz bergan. RIA Novosti xabari asosida.

Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Devid Kemeron - Sputnik O‘zbekiston
Kemeron Britaniya YeIdan chiqsa, kelajak avlod tang ahvolda qolishini aytdi
Brexitga qarshi chiqishlar qilib kelgan Kemeron, referendum natijalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z lavozimini saqlab qolmoqchi edi, ammo o‘z qarorini o‘zgartirdi.

Shunisi e’tiborliki, hali referendum o‘tkazilmasidan avval ko‘pgina ekspertlar Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishini mamlakat hukumat uchun eng katta muvaffaqiyatsizlik sifatida baholashgan edi.

Kemeron yangi Bosh vazir oktabr oyiga kelib aniqlanishini ma’lum qildi.

Kemeron xalq xohishini ro‘yobga chiqarish uchun  zayavil, qo‘ldan kelgancha harakat qilishini ma’lum qildi. Ammo Britaniyaning YeIdan chiqishi jarayonini boshqa siyosatchi olib borishi kerakligini aytib o‘tdi.

"Men Bosh vazir sifatida mamlakatdagi ahvol bir necha oy davomida barqaror saqlab turish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Ammo, davlatni yangi yo‘nalish bo‘yicha boshqarib boradigan kapitan rolini bajarishni lozim deb topmayman”, — deb aytgan jurnalistlarga Kemeron.

Kemeronning so‘zlariga qaraganda, yangi sharoitda Buyuk Britaniyaga “yangi rahbariyat” kerak.

Kemeron joriy yilning oktabr oyida konservatorlar partiyaviy anjumanida iste’fo berishi haqida e’lon qilishni rejalashtirgan. Pratiya o‘sha vaqtning o‘zida Bosh vazir lavozimiga yangi nomzodni aniqlashi kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0