TOShKENT, 21-iyun — Sputnik, Denis Voroshilov. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron kelajak avlod farovon hayot kechirishi uchun britaniyaliklarni yana bir karra Yevropa Ittifoqida a’zolikni saqlab qolishga chaqirdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Kemeron millatga umumilliy referendum o‘tkazilishidan ikki kun oldin murojaat qildi. Payshanba, 23-iyun kuni britaniyaliklar tarixiy tanlovni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi — ular Britaniya YeIda a’zolikni saqlab qolishi yoxud bu ittifoqdan chiqishini hal etishadi.
"Oilalarimiz uchun ma’lum xavf mavjud, va, biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Agar biz YeIdan chiqish uchun ovoz beradigan bo‘lsak, kelajak avlod hayoti murakkab kechadi. O‘zingiz uchun, oilangiz uchun, mamlakatimiz kelajagi uchun a’zolikni saqlab qolish uchun ovoz bering", — dedi Kemeron seshanba kuni o‘zining Londondagi qarorgohida chiqish qilar ekan.