Dunyoda

Turkiya YEIga 3000-yilda aʼzo boʻlish haqidagi bayonotni haqorat, deb topdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishYEI va Turkiya bayroqlari.
YEI va Turkiya bayroqlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Kim shunday fikrda boʻlsa, bilsin-ki, Turkiya Yevropa Ittifoqiga qaram emas", deb bayonot qildi Turkiya Bosh vazir oʻrinbosari Noʻmon Qurtulmush parlamentda chiqishi vaqtida.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Turkiya Bosh vazirining oʻrinbosari Noʻmon Qurtulmush yevropalik siyosatchilarning Turkiya 3000-yilga kelib YEIga aʼzo boʻlishi mumkinligi haqidagi fikrini sharmandali, deb topdi. RIA Novosti xabari asosida.

Turkiyaning 3000-yilga kelib YEIga aʼzo boʻlishi haqida oʻtgan haftada Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron aytgan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
YEI Turkiya uchun vizani bekor qilmasa ham Erdoʻgʻon bundan xafa boʻlmaydi
"Agar kimdir Turkiyaning YEIga aʼzo boʻlishi muddati 3000-yilgacha choʻziladi, deb taʼkidlasa, unda bu Turkiya uchun emas, balki, shunday fikrni bildirganlar uchun sharmandalik hisoblanadi. Ular YEIni 30 yildan keyin nima kutayotganini bilisharmikin? Biz viza tartibini osonlashtirish boʻyicha olgan koʻrsatmalarni bajarish harakatidamiz. Shu bilan birga, Turkiya YEIga tobeʼ emasligini aytib oʻtmoqchiman", — dedi Qurtulmush Turkiyada parlamentda nutq soʻzlar ekan.

Yangiliklar lentasi
0