Nazarboyev: ShHT va YeII “og‘ma” tashkilotlarga aylanib qolmasligi lozim

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston rahbari ShHT Yevroosiyodagi eng muhim tashkilot ekanligini ta’kidladi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va Yevropa Iqtisodiy Ittifoqi(YeII) “og‘ma” tashkilotlarga aylanib ketmasligi kerak, degan fikr bildirdi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligida anjuman o‘tkazishni taklif qildi
"Bizning vazifamiz, ShHT ASEAN(Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiyatsiyasi) yoxud YuAARS (Janubiy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi ittifoqi) singari o‘z shaklini yo‘qotgan og‘ma, rasmiyat uchun tashkil qilingan tashkilotga aylanib qolmasligi kerak. O‘z vaqtida MDH xuddi shunday tus olgan edi… Hozir juda muhim bosqich bo‘lib o‘tmoqda, biz Toshkent shahrida tashkilotning yangi a’zolarini qabul qilyapmiz – bular Hindiston va Pokistondir. Shuningdek, Eronning tashkilotga kirish shartlarini ko‘rib chiqamiz”, — deb bayonot qildi payshanba kuni Nazarboyev “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Nazarboyev, shuningdek, ShHT Yevroosiyodagi eng muhim tashkilot ekanligini ta’kidladi.

Bugungi kunda ShHT a’zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015-yilda tashkilotga Hindiston va Pokistonni kirtish jarayoni ishga tushirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0