TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Yevropa ittifoqi(YeI) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi(YeOII) ishtirokida umumiy anjuman o‘tkazilishini taklif qildi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston prezidenti matbuot-xizmati, RIA Novosti xabari asosida.
Nazarboyev Vashingtonda o‘tkazilgan yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etdi. Sammitda ishtiroki doirasida o‘tkazilgan brifing chog‘ida u YeI rahbariyati va Yevropa komissiyasi bilan YeI hamda YeOIIning yaqin kelajakdagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari borasida o‘tkazgan muzokaralari to‘g‘risida gapirib berdi.
"Bu oddiy masala emas. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi G‘arbdagiUlar orasida, ushbu loyiha “SSSR tiklanishi bo‘yicha loyiha” deb qabul qiladiganlar ham bor. Shuning uchun men ikki uyushma ishtirokida anjuman o‘tkazilishini taklif qildim. Siyosatchilar va ekspertlar ushbu masalaga oydinlik kiritib olishlarini va biz shundan so‘ng hotirjam o‘zaro savdo-sotiqni amalga oshiri imkoniga ega bo‘lishimizni istayman”, — deb iqtibos keltiradi Nazarboyev nutqidan uning matbuot-xizmati.
Nazarboyev, shunday bo‘lishi uchun bugungi kunda bir qator obyektiv to‘siqlar mavjudligini ta’kidladi.
"Jumladan, Rossiyaga nisbatan G‘arbning sanksiyalari. Ammo, agar Ivropa ittifoqi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Shanxay hamkorlik tashkilotlari ochiq savdoni tashkil qilsalar, bu butun Yevroosiyo uchun ulkan foyda keltiradi”, — xotima qildi Nazarboyev.