O‘zini "Halifa" deb e’lon qilgan "ID" rahbari jangarilarga ayol qo‘lidan o‘lim topishga ruxsat berdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tish"ID"ga qarshi kurash olib boruvchi qurd otradi jangchilaridan biri
IDga qarshi kurash olib boruvchi qurd otradi jangchilaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroqda Mosulga hujum davom etmoqda. Mamlakatning kattalik jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi eng yirik shahri mana ikki yildirki "Islom davlati" janggarilari changalida. Terrorchilarga qarshi urushda erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham qatnashmoqda. RIA Novosti muxbiri ularning ayrimlari bilan tanishdi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Mish-mishlarga qaraganda, o‘zini "Halifa" deb e’lon qilgan "ID" rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy jangarilarga ayol qo‘lidan o‘lim topishga "ruxsat beruvchi" alohida fatvo e’lon qilishga majbur bo‘lgan, bunga qadar "ID" jangchilari, agar "ojiza" qo‘lidan o‘lim topadigan bo‘lsa, jannatga tushmasliklarini yaxshi bilishardi.

Xoh Iroq, xoh Suriyada bo‘lsin, volontor-ayollar a’lo darajada jang olib boradilar. Shu bois, safdoshlariga oldingi shijoatni qaytarish uchun, terrorchilar o‘z mafkurasiga ayrim tuzatishlarni kiritishga majbur bo‘ldilar.

"Nima bo‘lgan taqdirda ham, jangarilar bizlardan hayiqib turishadi — jasur jangchining ayol kishi tomonidan uzilgan o‘q tufayli nobud bo‘lishi sharmisorlik bilan teng axir. Chunki ular ayollarga ikkinchi sort odamlarga qaragandek qaraydi", — deydi 24 yashar Xasiba Novzod, kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan qurd jangchisi. Xasiba bugungi kunda "Xazi-Agri" (Olov kuchi") deya nom olgan ayollar otradiga qo‘mondonlik qilib kelmoqda.

"Ikki yil oldin televizor orqali "ID" jangarilari Sinjar shahrida qanday qirg‘in uyushtirishgani haqida lavha namoyish etilgan edi. Ko‘rsatuvni tomosha qilgach, yum-yum yig‘ladim, bu hodisa menga juda qattiq ta’sir ko‘rsatgan edi. Shunda, to‘satdan, mening joyim shu yerda ekanini, o‘z xalqimni himoya qilish jangga kirishishim lozimligini tushunib yetdim", — deya o‘z hikoyasini boshladi Xasiba.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha vaqtda qizning qo‘lida Amerikaga chipta bo‘lgan. U qarindoshlarini ko‘rgani borib, hatto o‘sha yoqda qolishni ham rejalashtirgan. Ammo… chiptaga zarurat qolmagani tufayli uni uloqtirgan.

Boshqa bir tomondan esa, turmush o‘rtog‘i Xasibaning shijoatini, ayol kutgani kabi, xursandchilik bilan qarshi olmadi. U Germaniyaga borishni ma’qul ko‘rdi. Axir Yaqin Sharqdagi aksariyat erkaklarning bugungi kundagi asosiy maqsadi —  Yevropaga borib joylashish va qo‘nim topish.

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tish"ID" jangarilariga qarshi kurash olib boruvchi qurd otradi jangchilari
ID jangarilariga qarshi kurash olib boruvchi qurd otradi jangchilari - Sputnik O‘zbekiston
"ID" jangarilariga qarshi kurash olib boruvchi qurd otradi jangchilari

Aksariyat ko‘ngillilar qatorida Xasiba Novzod ikki yil oldin Iroq Qurdistoniga tashrif buyurdi va qurd ko‘ngilli jangchilari safidan o‘rin oldi. "Xazi-Agri" bataloni ayollarni qabul qilayotgan yagona batalon edi. Mening bu yerdaligim boisi ham shunda", deya xotirlaydi u.

Tez orada Xasiba yangi safdoshlarini shug‘ullantira boshladi va bo‘linma komandiriga aylandi.

Ayol turmush hrtog‘i bilan aloqani uzgani yo‘q: vaqti-vaqti bilan "Skayp" orqali u bilan aloqaga chiqib, o‘z qahramonliklari haqida  so‘zlab turadi.

Yoshligi urushda kechmoqda

Abdulla Ojalan boshchiligidagi Qurdiston ishchi partiyasi(QIP) jangchilari Yaqin Sharqdagi eng mard va qo‘rqmas jangchilar sifatida dovruq qozongan. QIP a’zolari "ID" terrorchilari hamda Turk armiyasiga qarshi kurash olib borishadi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on “qurdlar masalasi”ni hal qilishga chaqirgan olimlarni “nodonlar” deb atadi

Qurdlar Ishchi Partiyasidagi hayotni oson, deb bo‘lmaydi. Partiya a’zolari o‘zlari bilan faqat qurol va ichki kiyim olib yurishadi. Shuningdek, QIP a’zolariga spirtli ichimliklar ist’mol qilish va sevishish ham ta’qiqlangan — partizanlar bor kuch-g‘ayratini faqat urush va o‘z siyosiy bilimlarini oshirishga sarflashlari zarur.

Eng e’tiborlisi, QIP safiga yosh qizlar ba’zan o‘z xohishi, ko‘pincha esa, o‘z ota-onalari buyrug‘iga asosan kelib qo‘shiladilar. Kirkuk provinsiyasidagi old pozitsiyalarda RIA Novosti muxbirlari ikki ko‘rkam partizan qizlar — 20 yashar Diren va 19 yashar Eviga duch kelishdi. Qizlarning ikkisi ham Turkiya Qurdistonidan. Turkiya janubi-sharqida hozirda mamlakat qurolli kuchlari hamda qurd partizanlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar ro‘y bermoqda, buning natijasida oddiy aholi ham zahmat chekmoqda. Bu ikki qiz Turkiyadan o‘ch olish istagida Qurdiston Ishchi partiyasiga kelib qo‘shilishganini ma’lum qilishgan.

"Mening butun oilam QIPga a’zo. Bu an’ana bir necha avloddan buyon davom etib keladi. Shu bois, men ham partiya safiga qo‘shilishga ahd qildim. Meni bunga hech kim majbur etgani yo‘q", — deb ta’kidlaydi Diren. "Bizning vatanimiz — Qurdiston. U Turkiya tomonidan bosib olingan. Biz uning mustaqilligi uchun kurash olib borishimiz lozim", — deya qo‘shimcha qiladi u. Diren QIPda uch yildan buyon faoliyat olib borayotganini aytdi. Qizning so‘zlariga qaraganda, u boshida varaqalar tarqatgan, so‘ngra, mashg‘ulotlar lageriga tushgan.

Direnning dugonasi Evi esa shunday deydi:"Biz ID terrorchilariga qarshi kurashamiz, sababi ularning bosh maqsadi ayollarni qul qilib olish. Biz esa bunga qarshimiz. QIP hamisha ayollar tenghuquqli bo‘lishlari uchun kurash olib borgan".

"Meni oilam qo‘llab-quvvatlaydi. Biz, qurdlar, shunday fikrlaymiz, agar oilamizda kimdir halok bo‘lsa, u uchun xun olish burchimizdir, qurol hech qachon yerda qolib ketmasligi lozim — uni albatta kimdir ko‘tarishi shart", — deydi ishonch bilan qiz.

Damashqdagi ayollar Akademiyasi. - Sputnik O‘zbekiston
Suriya "arslonlari": askar-ayollar “Islom Davlati”ga qarshi kurashmoqda
Ko‘zlari yonib turgan Direnning so‘zlariga qaraganda, u urushning ikki yili davomida 8 yoki 10 nafar jangarini o‘ldirgan. "Aniq aytolmayman, chunki urush ketayotgan vaqtda hamma baravar otadi. Jangari mening qo‘limdan o‘lim topdimi, yoki uni safdoshim otib o‘ldirdimi — u o‘ldimi yoki yaralandimi- aniq aytib bo‘lmaydi. Boshqasi muhim — biz "ID"ga, jahon bo‘yicha tinchlikka rahna solayotgan, ayollar va qurdlarni qul qilib olishga harakat qilayotgan yovuz kuchga qarshi kurashmoqdamiz", — deya fikrini bayon etadi Diren.

Bu yosh qizlar o‘z hayotlari uchun bir zum ham havotir olmasliklarini ma’lum qilishdi. "Biz, ya’ni QIP a’zolarida maqsad bor. Shu bois biz qo‘rqmaymiz. Agar halok bo‘lsak, qurolimizni inilarimiz va singillarimiz ko‘tarib olishadi va kurash davom etadi", — deydi ular.

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tish"ID" terrorchilariga qarshi kurashuvchi qurd otradlari jangchilari
ID terrorchilariga qarshi kurashuvchi qurd otradlari jangchilari - Sputnik O‘zbekiston
"ID" terrorchilariga qarshi kurashuvchi qurd otradlari jangchilari
Yangiliklar lentasi
0