Dunyoning eng ommaviy to‘lov tizimi O‘zbekistonda ishga tushadi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tishUnionPay - Xitoy to‘lov tizimi
UnionPay - Xitoy to‘lov tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning UnionPay International to‘lov tizimi O‘zbekistonda ishga tushishi munosobati bilan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Yagona umumrespublika protsessing markazi UnionPay  xalqaro kartochkalari ekvayringi, ya’ni to‘lov uchun qabul qilishni boshlanishi munosobati bilan 20-iyunda ochilish marosibi bo‘lib o‘tishini xabar berdi.

“Marosim joriy yilning 20-iyunida soat 10:00da O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida bo‘lib o‘tadi. Marosimda China UnionPay prezidenti janob Shi Venchao boshchiligidagi UnionPay  delegatsiyasi ishtirok etadi”, — deyilgan xabarda.

UnionPay International to‘lov tizimi – bu yirik va jadal rivojlanayotgan Xitoy to‘lov tizimi bo‘lib, u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy banki ko‘magida 2002-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab ushbu to‘lov tizimining 3.5 milliarddan ortiq kartochkalari emissiya qilingan. UnionPay  kartochkalariga dunyoning 143 mamlakatida 1 milliondan ortiq bankomat xizmat ko‘rsatadi.

Bugungi kunda dunyoda bir necha yirk xalqaro to‘lov tizimlari bor. Ularning nomi Visa, Mastercard, AmericanExpress, JCB va boshqarlar. Qizig‘i shundaki, ommaviy xalqaro to‘lov tizimlari orasida eng yangi bo‘lgan UnionPay foydalanuvchilari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda — 3.5 mlrd, ikkinchi o‘rinda Visa —2,2 mlrd., uchinchi o‘rinda Mastercard — 1,9 mlrd., JCB — 0,82 va AmericanExpress — 0,70 mlrd. 

Xalqaro elektron to‘lov tizimlari haqida

Elektron to‘lov tizimlari veteranlari bo‘lgan Visa, Mastercard va AmericanExpress — dastavval 1950-1960 yillarda AQShda paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida ham elektron bank kartochkalari qulayligi tan olingan va ommaviylasha boshlagan. 2000-yillarga kelib ushbu ikkala karta dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida millionlab mijozlarga ega bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, ushbu kartalardan foydalanilganda, karta egasi qaysi mamlkatda bo‘lmasin, barcha bank operatsiyalari AQShda joylashgan protsessing markazi orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, siz O‘zbekistonda turib Visa yoki Mastercard orqali supermarketdan non, sut yoki tuxum sotib olsangiz, ushbu operatsiya AQShda joylashgan protsessing markazi orqali tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Albatta zamonaviy texnologiyalar buni bir necha sekund ichida amalga oshirish imkonini beradi, lekin ko‘pchilikka bunday bog‘liqlik ma’qul kelmaydi. Qolaversa, suveren mamlakat bank tizimining o‘zga mamlakatda joylashgan xususiy kompaniya faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolishi ham mamlakat moliyaviy xavfsizligini oshirmaydi.

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard

Aynan shunday sabablar tufayli Yaponiya o‘zining bank kartalari va elektron to‘lov tizimi — JCB ni tashkil qildi. Dastavval u mamlakat ichida rivojlandi, keyin esa xalqaro maydonga ham chiqdi. Xitoyning UnionPay tizimi ham avval mamalkat ichida ommaviylashdi, davlat iqtisodiy salohiyati o‘sishi bilan, xalqaro tizimga aylandi. Bugungi kunga kelib dunyoda foydalanuvchilar soni eng katta bo‘lgan tizimga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0