AQSh amaldorlari Bashar Asad armiyasini bombardimon qilish haqidagi maktubga imzo chekishdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSAR armiyasi askarlari
SAR armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
New York Times va Wall Street Journal nashrlari payshanba kuni kechqurun AQSh Davlat departamentining 50 xodimi rasmiy Damashq kuchlarini bombardimon qilish haqidagi maktubga imzo chekkani haqida xabar tarqatdi. Amaldorlar fikricha, faqat shu yo‘l bilan "Islom davlati" ustidan g‘alaba qozonish va Suriyada tinchlik o‘rnatish mumkin.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Amerikaning New York Times nashridagi xabar — ya’ni AQSh Davlat departamenti xodimlarining suriya jangchilarini bombardimon qilish taklifi — bu Rossiya munosabatini bilish istagida amalga oshirilayotgan harakatdir. AQShning asl maqsadi — Suriya osmonida parvozlardan holi hudud yaratishdir, deb hisoblaydi rossiyalik ekspert, Rossiya Fanlar Akademiyasining xalqaro xavfsizlik muammolari instituti katta ilmiy xodimi Aleksey Fenenko. RIA Novosti xabari asosida.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. - Sputnik O‘zbekiston
Kerri: Suriyaga nisbatan AQSh sabri tugab borapti
"Suriya armiyasi bo‘ylab zarba berish g‘oyasi — yangilik emas, u ko‘pdan beri muhokama qilib kelinadi. Misol uchun, Antaliyada(2015 yilning may oyida) o‘tgan NATO sammitida ham shu masala ko‘tarilgan edi. Ammo Barak Obama bu taklifga ijobiy yondoshgan taqdirda ham, amerikaliklar "ko‘rgazma" uchun Suriya armiyasi bo‘ylab bir-ikki bor zarba beradi, xolos. Asl maqsad esa — Suriya osmonida parvozlardan holi hudud yaratish. Amerikaliklar Rossiya va Suriya aviatsiyasini u yerda faoliyat olib borishdan mahrum qilmoqchi", — deb hisoblamoqda Fenenko.

"NATO mamlakatlari Rossiya ularni parvozlardan holi hududdan mahrum qildi, deb o‘ylashadi. Bu g‘oya avvaldan muhokama qilib kelinardi, ammo Rossiya HKK u yerda faoliyatni boshlagach, g‘oya, tabiiyki, orqaga tashlandi. Hozirda esa bu ma’lumot atay tarqatilyapti, ularni Rossiya bunga qanday munosabat bildirishi qiziqtirmoqda", — deya taxmin qiladi ekspert.

"Iroqda urush boshlangan davrdan buyon bunday hududlarni yaratish — AQSh jahonda yetakchi ekanligining o‘ziga xos isboti bo‘lib kelmoqda. Parvozlardan holi hududlar Iroq va Liviyada ham yaratilgan. Bunday hududlar AQSh ruxsatisiz hech kim bombardimon qilish yoki kimgadir yordam qo‘lini cho‘zmasligi uchun tashkil etiladi. Amerika hozirgi kunda Rossiya Bashar Asadga yordam bermasligini xohlamoqda", — deya o‘z fikriga yakun yasadi Fenenko.

Yangiliklar lentasi
0